» » Andijonda 84 yoshli onaxon koronavirusdan sog‘aydi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 1126 nafarga yetdi

Andijonda 84 yoshli onaxon koronavirusdan sog‘aydi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 1126 nafarga yetdi


Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 5 nafar, Andijon viloyatida 18 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi va 30-aprel, payshanba kuni, reabilitatsiyaga kuzatildi. Shu tariqa O‘zbekistonda COVID-19 kasalligidan butunlay sog‘ayganlar soni 1126 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Samarqand viloyatida 3 nafar, Surxondaryo viloyatida esa 2 nafar, jami 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib chiqdi. Ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Samarqandda sog‘ayganlarning 1 nafari 39 yoshli erkak, qolgan 2 nafari esa 39 yoshli va 18 yoshli ayollar bo‘lib, ularning barchasi ushbu viloyatdan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan.

Surxondaryoda tuzalib chiqqanlar 31 yoshli va 30 yoshli erkaklar bo‘lib, ikkisi ham Qashqadaryo viloyatidan. 2020-yil 27-mart kuni Moskva—Termiz yo‘nalishida charter reysda kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, ular shifoxonaga yotqizilgan.

Surxondaryo viloyatida shu paytga qadar 20 kishi koronavirusdan to‘liq sog‘aydi.

Andijon viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 18 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 5 nafari erkaklar, 13 nafari ayollar bo‘lib, barchasi Andijon viloyatidan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Tuzalganlar orasida 84 yoshli onaxon va 2 yoshli bola ham bor. Samarali davolash muolajalaridan keyingi tekshiruv natijalari ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Shu paytga qadar Andijon viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 106 nafarga yetdi.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 1100 nafardan oshgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni esa 30-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, 2017 nafarga yetdi15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘qqiz nafari vafot etdi, Mamlakatda 28-apreldan buyon sog‘ayganlar soni ayni vaqtda kasallikdan davolanayotganlar sonidan ko‘p bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют