» » O‘zbekistonning ayrim hududlarida 1-may kuni shamol tezligi kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 1-may kuni shamol tezligi kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda


Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda 1-may, juma kuni, kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 26-28 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 23-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 23-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga yaqin yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 23-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 23—28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 23-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 23-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Avvalroq “O‘zgidromet” 1—2-may kunlari Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy tumanlari ustida shakllangan nam havo oqimi kirib, yomg‘ir aralash kuchli shamol — shtorm kuzatilishidan ogohlantirgandi.

Eslatib o‘tamiz, 27-apreldan 28-aprelga o‘tar kechasi Turkmaniston hududidan kuchli shamol kirib kelib, O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida soniyasiga 9-40 metr tezlikda shamol esib, yomg‘ir yog‘gan edi. Buning oqibatida hududlarda elektr va gaz ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan, ular orasida Buxoro eng katta talafot ko‘rgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют