» » AQSh koronavirus vaksinasini yaratishni tezlashtirib, yil oxirigacha tayyor qilmoqchi

AQSh koronavirus vaksinasini yaratishni tezlashtirib, yil oxirigacha tayyor qilmoqchi


AQSh prezidenti Donald Tramp administratsiyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishni tezlashtiradigan loyihani ishlab chiqmoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg ushbu loyiha bilan tanish manbalarga tayanib.

Qayd etilishicha, vaksinani yaratishga ketadigan vaqtni 8 oyga qisqartirish rejalashtirilgan. Bloomberg’ning ta’kidlashicha, buning uchun farmatsevtika kompaniyalari, davlat va harbiy muassasalarning kuchlari birlashtiriladi.

Bloomberg suhbatdoshlaridan birining aytishicha, ushbu loyiha uchun millionlab dollar kerak bo‘ladi va bu mablag‘larning bir qismi behuda sarflanadi. Chunki ko‘plab vaksinalar namunalari samarasiz bo‘ladi. Boshqa bir manbaning ta’kidlashicha, loyiha mavjud mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi va qo‘shimcha mablag‘ talab etilmaydi.

Bloomberg manbasining ta’kidlashicha, Donald Tramp administratsiyasi 2020-yil oxiriga qadar 300 million doza vaksina yaratish niyatida. Agar loyiha muvaffaqiyatli yakunlansa, amerikaliklarda vaksina keyingi yilning bahorida emas, shu yilning oxiriga kelib paydo bo‘ladi.

Mart oyi oxirlarida AQSh Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti (NAID) vakili Entoni Fauchi koronavirusga qarshi vaksinani 12-18 oy o‘tgachgina yaratish mumkinligini aytgandi. AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Maykl Kaputoning so‘zlariga ko‘ra, prezidentni vaksinani ishlab chiqishning odatdagi muddati qoniqtirmagan va bu masalada katta yutuqlarga erishishni qo‘llab-quvvatlagan.

Agentlik xabariga ko‘ra, ushbu loyiha muhokama qilinadigan navbatdagi yig‘ilish Oq uyda 6-may kuni bo‘lib o‘tadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus qurbonlari soni 60 ming kishidan oshib ketgan. Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1 million kishidan oshgan, 120 mingdan ortiq bemor tuzalgan.

Mavzuga doir: AQSh hukumati koronavirus qurbonlari uchun oldindan yuz mingta dafn qopiga buyurtma bergani ma’lum bo‘ldi

Avvalroq AQShning Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti 2020-yilning aprel oyi oxiriga qadar yangi koronavirus vaksinasi bo‘yicha klinik sinovlarni boshlamoqchiligi xabar berilgan edi. AQShning COVID-19’ga qarshi vaksina yaratgani taxmin qilinayotgan Gilead kompaniyasi aksiyalarining narxi 7 foizga oshdi.

Mavzuga doir: AQShda koronavirusni aniqlash bo‘yicha test o‘tkazishni ikki baravarga oshirish rejalashtirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют