» » Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinda koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinda koronavirus infeksiyasi aniqlandi


Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda “RBK” xabar qildi.

Xabarlarga ko‘ra, Mishustin topshirgan tahlilda COVID-19 borligi aniqlangan. U 39 daraja isitma bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mishustin betobligi vaqtida Rossiya Federatsiyasi hukumati rahbari lavozimini vaqtincha bajaruvchi etib bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov tayinlanishi kutilmoqda. Bu haqda bosh vazirning o‘zi prezident Vladimir Putinga taklif kiritgan. Yaqin vaqt ichida bu haqda prezident farmoni imzolanishi kutilmoqda.

Mishustin butun dunyoda koronavirusga chalingan birinchi bosh vazir emas, undan avval mart oxirlarida Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson COVID-19’ni yuqtirib olgan va aprel oxirida kasallikdan tuzalgandi.

30-aprel holatiga ko‘ra, Rossiyaning 85 ta federal hududida COVID-19’ga chalinganlar soni 106 ming nafardan oshgan — bu epidemiya boshlanganidan beri kuzatilgan rekord ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Oxirgi bir sutka ichida 7099 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan va 101 nafar bemor vafot etgan. Epidemiya boshlanganidan beri 11 619 nafar bemor kasallikdan tuzalgan, vafot etganlar soni esa ming nafardan oshib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют