» » Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistondagi maktablarda imtihonlar bekor qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistondagi maktablarda imtihonlar bekor qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi


O‘zbekistondagi ayrim ommaviy axborot vositalarida maktablarda imtihonlar bekor qilingani haqida ma’lumot tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Respublika komissiyasi, Xalq ta’limi vazirligi va tegishli davlat tashkilotlari 5—11-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yoki bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda.

Vazirlik maxsus hukumat komissiyasining bu masaladagi qarorini o‘z kanallari orqali ma’lum qilishini bildirgan va o‘quvchilarni “Onlayn maktab” kanallarida namoyish etilayotgan televizion darslar orqali bilim olishda davom etishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganidan keyin barcha ta’lim muassasalari yopilgan. Maktab o‘quvchilari uchun bir qator telekanallarda videodarslar efirga uzatilmoqda. Karantin vaqtida teledarslar o‘tayotgan o‘qituvchilar Toshkentdagi Prezident maktabiga joylashtirilgan.

Karantinning qachon tugashi esa noma’lum. U Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Ushbu komissiya qarori bilan karantin muddati 2020-yil 10-mayigacha uzaytirilgan edi.

Avvalroq maktablarda joriy o‘quv yili onlayn maktab loyihasi doirasida yakunlanishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют