» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1133 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1133 nafarga yetdi


Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 2 nafar, jami 7 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalgan ikki ayol, bir erkak va bir nafar chaqaloq Toshkent shahrida istiqomat qiladi. Ular kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Bemorlarning eng yoshi kattasi 57 yoshda, chaqaloq esa 2020-yilda tug‘ilgan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalgan bemorlarning biri 37 yoshli ayol, u Navoiy viloyatida yashaydi. Bemor Moskva—Toshkent yo‘nalishida charter reys bilan kelgan va karantinga olingan. Yana bir ayol esa Toshkent shahrida istiqomat qiladi va 23 yoshda. U koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Toshkent shahrida epidemiya boshlanganidan beri avval 357 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 364 nafarga yetdi.

30-aprel soat 21:20 holatiga ko‘ra, bir sutka ichida 37 nafar bemor tuzalgan, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlarning umumiy soni 1133 nafarni tashkil qilgan.

Avval O‘zbekistonda tuzalganlar soni 1126 nafarga yetgani xabar qilingandi. 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘qqiz nafari vafot etdi. Mamlakatda 28-apreldan buyon sog‘ayganlar soni ayni vaqtda kasallikdan davolanayotganlar sonidan ko‘p bo‘lib turibdi. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni esa 30-aprel 10:00 holatiga ko‘ra 2017 nafarga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют