» » JSST vakili organizmda antitana borligi infeksiya xavf solmasligini anglatmasligini ma’lum qildi

JSST vakili organizmda antitana borligi infeksiya xavf solmasligini anglatmasligini ma’lum qildi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Rossiyadagi vakili Melita Vuynovichning ma’lum qilishicha, koronavirusga antitananing mavjudligi odam u bilan yana kasallanmasligini kafolatlamaydi. “TASS”ning yozishicha, u tadqiqot natijalarini kutishga undagan.

Unga ko‘ra, koronavirus mutatsiyalanmasa ham antitanalar organizmni infeksiyadan himoya qilolmasligi mumkin.

Melita Vuynovichning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. “Bu virus haqida bilimga ega bo‘lish, nima va qanday sodir bo‘layotganini tushunish juda muhim”, — degan u

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusdan tuzalgan odamlar qayta kasallanishdan himoyalanganliklarini isbotlovchi dalillar yo‘qligi haqida avval ham ogohlantirgandi. “To‘liq tuzalish va kasallikning qaytalanishi borasidagi savollarga hozir aniq javobimiz yo‘q. Bu noma’lum”, — degandi JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ijrochi direktori Maykl Rayan.

Avvalroq Xitoylik olimlar koronavirus mavsumiy kasallikka aylanishini ma’lum qilgandi. Ularning fikricha, bu insoniyat bilan uzoq vaqtdan beri yashab kelayotgan kasalliklar kabi mavsumiy epidemiyaga aylanishi mumkin.

Shuningdek, xitoylik olimlar koronavirusdan ko‘proq erkaklar vafot etayotganini aniqlagan bo‘lsa, hindistonlik shifokorlar COVID-19’ning 10 ta mutatsiyasini aniqlagani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, olimlarning ta’kidlashicha, koronavirus inson umrini 10 yilga qisqartirishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют