» » Mixail Mishustin COVID-19’ga chalindi. U sog‘ayganidan keyin ham Rossiya bosh vaziri lavozimiga qaytmasligi mumkinmi?

Mixail Mishustin COVID-19’ga chalindi. U sog‘ayganidan keyin ham Rossiya bosh vaziri lavozimiga qaytmasligi mumkinmi?


Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda uning o‘zi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatda ma’lum qilgan. Meduza bosh vazirning koronavirus yuqtirib olgani va Rossiya hukumatida ushbu voqeadan keyin bo‘lgan, kutilishi taxmin qilinayotgan voqealar haqida ma’lumot berdi.

“Hozirgina koronavirusga men topshirgan test ijobiy natija beribdi. Shu munosabat bilan hamkasblarimga kasal yuqmasligi uchun ‘Rospotrebnadzor’ talabiga rioya qilgan holda ‘o‘zini yakkalash’ tartibiga o‘tishim, shifokorlar talablarini bajarishim zarur”, — degan Mishustin Putin bilan suhbat chog‘ida.

Mishustin kasallikning qaysi bosqichda ekani haqida gapirmagan. “Exo Moskvi” bosh muharriri Aleksey Venediktov Telegram’dagi kanalida bosh vazirning isitmasi baland bo‘lib, harorati 39 darajada ekanini xabar qilgan. Mishustinning matbuot kotibi Boris Belyakov hukumat rahbarining tibbiyot muassasasida davolanishini ma’lum qilgan.

Mishustin yo‘qligida bosh vazir vazifasini vaqtincha bajarish uning birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov zimmasiga yuklandi. Mishustinning o‘zi ushbu nomzodni tavsiya qilgan va hukumatning ishi o‘z tartibida davom etishini bildirgan. Mishustin koronavirusga chalinganini e’lon qilganidan yarim soat o‘tar-o‘tmay Putin Belousovni vaqtincha bosh vazir lavozimiga tayinlash haqidagi farmonni imzolagani e’lon qilingan.

Meduza’ning Rossiya hukumatiga yaqin suhbatdoshi Mixail Mishustinning bosh vazir kursisini qayta egallamasligi mumkinligini inkor etmadi. U bosh vazir vazifasini bajarish Andrey Belousov zimmasiga Prezident farmoni bilan yuklatilganiga e’tibor qilgan. Biroq Rossiya hukumati to‘g‘risidagi federal konstitutsion qonunning 8-moddasi bo‘yicha bosh vazir yo‘qligida uning o‘rinbosarlaridan biri hukumatga rahbarlik qiladi va vakolatni topshirish uchun alohida Prezident farmoni imzolanishi shart emas (vakolatlarni taqsimlash bo‘yicha yozma rasmiylashtirish talab qilinadi xolos). Bosh vazir vazifasini bajarish bo‘yicha Prezident farmoni amaldagi hukumat rahbari lavozimni tark etgan taqdirdagina qabul qilinadi va o‘rinbosarlaridan biri-ikki oy muddatga ijro organiga rahbarlik qiladi. Bundan tashqari farmon matnida vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi degan so‘z birikmasi umuman ishlatilmagan. Bunga qadar bosh vazirlar ta’tilga chiqqan yoki kasal bo‘lgan vaqtida alohida Prezident farmoni chiqarilmagan. Boshqa tomondan olganda esa bosh vazir iste’fosi hukumatning ham tarqatib yuborilishini anglatadi, Putin bilan videoaloqa tarzidagi muloqotda Mishustin Vazirlar mahkamasining o‘z tartibida ishlashda davom etishiga urg‘u berdi. Bunday holatda Prezident farmonini “yozma ravishda vakolatlarning bo‘lib berilishi” sifatida baholash mumkin, unga ko‘ra Belousov bosh vazir yo‘qligida uning vazifalarini bajarib turadi.

Prezident administratsiyasiga yaqin boshqa bir manba ham Mishustin sog‘ayganidan keyin boshqa lavozimga o‘tishini taxmin qilgan.

“U sobiq soliqchi sifatida moliyaviy oqimlar qayerga va qanday ketishini yaxshi biladi, biroq Mishustin boshqa maqsadda ijro organi rahbari bo‘lgandi, ya’ni milliy loyihalar uchun mablag‘lar qayerga sarflanayotganini nazorat qilishi kerak edi, endi inqiroz sabab budjetda muammolar mavjud. Hozir vaziyat boshqacha, iqtisodiyot pandemiya sabab o‘tirib qolgan va uni turg‘azish zarur. Mishustin bu ishni uddalaydigan odam emas. Xato qilmadi, shunchaki hozir uning vaqti emas”, — deya Meduza’ga fikrlarini bildirgan suhbatdosh.

Administratsiyadagi boshqa bir kishi esa bosh vazirning o‘z lavozimiga qaytishini taxmin qildi.

Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham ushbu voqealarga munosabat bildirib, Mishustinning tuzalganidan keyin bosh vazirlikka qaytmasligi haqidagi xabarlarni safsata deb atadi.

Mishustinning so‘nggi vaqtlarda qaysi amaldorlar bilan bevosita ko‘rishib gaplashgani haqida ham rasmiy ma’lumot berilmagan. Bosh vazir matbuot kotibi Boris Belyakov muloqotda bo‘lganlar ko‘p emasligi va ularning barchasi izolyatsiya qilingani hamda test topshirishini bildirgan.

Hukumatdagi manba Vazirlar mahkamasida xodimlarning aksar qismi masofadan ishlashga o‘tgani va bosh vazir bilan bevosita muloqot qiluvchilarning soni kamligini tasdiqlagan. Hukumatda oxirgi vaqtlarda o‘tkazilgan majlislarning hammasi videokonferensaloqa tarzida bo‘lib o‘tgan, Mishustin ularda bilvosita Oq uydagi kabinetidan turib raislik qilgan. Hukumat uyidagi barcha xodimlar har kuni koronavirusga test topshirib turgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют