» » Donald Trampning qizi Ivankaning kiyimida koronavirusga qarshi kurashishning sirli belgisini aniqlashdi

Donald Trampning qizi Ivankaning kiyimida koronavirusga qarshi kurashishning sirli belgisini aniqlashdi


Jurnalistlar AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivankaning koronavirus pandemiyasi paytida omma oldiga kiyib chiqqan kiyimining sirini fosh etdi, deb yozadi The Telegraph.

28-aprel kuni Oq uyda o‘tgan matbuot anjumanida tadbirkor va fotomodel Ivanka Tramp Gabriela Hearst brendining kombenizoni va Gianvito Rossi brendiga tegishli poshnali tuflida ko‘rinish bergan.

Nashrning qayd etishicha, Ikkinchi jahon urushi davrida bunday kombenizonlar mehnat qilayotgan, masalan, zavodlarda ishlayotgan ayollarning ishchi kiyimi bo‘lgan.

Taxmin qilinishicha, bunday obraz bilan 38 yoshli Ivanka Tramp koronavirusga qarshi kurashishga jangovar shayligini ko‘rsatgan.

Jurnalistlarning qayd etishicha, AQSh prezidenti qizining kiyimi millat kayfiyatini aks ettiribgina qolmay, balki sobiq fotomodelning nozik did sohibasi ekanligini ham ko‘rsatadi.

Mavzuga doir: Ivanka Trampning Keyt Middlton, Megan Markl va boshqa malikalardan ko‘chirgan obrazlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют