» » Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilar tanlov asosida ishga qabul qilinmoqda

Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilar tanlov asosida ishga qabul qilinmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilar tanlov asosida ishga qabul qilinmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufida Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi tashkil etilmoqda. Mazkur litseyga 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ishga taklif qilinadi.

“Temurbeklar maktabi”ning o‘qituvchilari va boshqa xodimlariga “Temurbeklar maktabi”ning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi. “Temurbeklar maktabi” ishchi va xizmatchilari sonidagi xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:

— direktor va uning o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, o‘quv bo‘limi xodimlari uchun – 5 barobar;

— to‘garak (seksiya) rahbarlari va psixologlari uchun – 3 barobar;

— axborot-resurs markazi (kutubxona), axborotlashtirish va aloqa bo‘linmalari xodimlari, instruktorlar va laborantlar uchun – 2 barobar miqdorda to‘lanadi.

“Temurbeklar maktabi”da ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar ishga taklif etiladi:

Maktab manzili: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Teparlik ko‘chasi 1-uy (Shahrisabz iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘rnida). FVV Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida ishlashni xohlovchi o‘qituvchilar 2020-yilning 29-aprel – 13-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida qabul qilinadi. Qabul vaqti dushanba—shanba 9:00-13:00, 14:00-18:00. (tushlik: 13:00-14:00, dam olish kuni yakshanba).

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan FVVning rasmiy veb sayti orqali tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют