» » BMT bosh kotibi KXDR rahbari Kim Chen Inning sog‘lig‘i haqida ma’lumotga ega emasligini bildirdi

BMT bosh kotibi KXDR rahbari Kim Chen Inning sog‘lig‘i haqida ma’lumotga ega emasligini bildirdi


Birlashgan Millatlar Tashkiloti KXDR davlat rahbari Kim Chen Inning atrofidagi gap-so‘zlar haqida aniq ma’lumotga ega emas. Bu haqda BMT bosh kotibi Antonio Gutterish matbuot anjumanida ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“KXDR raisi Kim Chen in borasida hech qanday ma’lumotga ega emasmiz”, – degan Gutterish.

Mavzuga doir: 

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 12-apreldan beri omma oldida chiqish qilgani yo‘q. Janubiy Koreyaning Daily NK nashri Kim Chen Inning operatsiyadan keyingi davolanish kurslarini o‘tkazayotgani haqidagi xabaridan keyin bir qator xorijiy OAVda uning sog‘lig‘i yomonligi yuzasidan ma’lumotlar tarqaldi. Daily NK yana boshqa nashrlar, shuningdek, CNN telekanali hamda Yaponiyaning Shukan Gendai jurnali ham ismini oshkor etmagan manbalarga tayanib, KXDR rahbari haqida turli xabarlar tarqatgan. Shuningdek, Kim Chen Inning o‘lgani haqida ham mish-mishlar ko‘paygan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют