» » Sirdaryoda Sardoba suv omboridan suv toshib chiqdi, Qo‘rg‘ontepa aholi punkti evakuatsiya qilindi

Sirdaryoda Sardoba suv omboridan suv toshib chiqdi, Qo‘rg‘ontepa aholi punkti evakuatsiya qilindi


Sirdaryo viloyatida 1-may kuni soat 05:55 da Sardoba suv ombori to‘g‘onining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Oqibatda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur vaziyat bo‘yicha zudlik bilan Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Qo‘rg‘ontepa aholisini “Birlik” mahallasiga vaqtincha evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q, jiddiy talafotlar ham kuzatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya xizmatining bergan ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 1—2-may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy tumanlari ustida shakllangan nam havo oqimi kirib kelishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Unda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda esa 23-28 metrgacha yetishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.

Avvalroq Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yuzaga kelgan tabiiy ofat oqibatida sel qoramol podasini oqizib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют