» » Uzbekistan Airways: Aviachiptalarning 30-iyungacha sotilmasligi karantin ham shu sanagacha davom etishini anglatmaydi

Uzbekistan Airways: Aviachiptalarning 30-iyungacha sotilmasligi karantin ham shu sanagacha davom etishini anglatmaydi


O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida xalqaro Uzbekistan Airways aviaqatnovlarni joriy yilning 30-iyunigacha tiklamasligi xabar qilingan edi. Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 30-iyunga qadar faqat aviachiptalar sotish to‘xtatiladi.

“Faqat aviachiptalar sotishni to‘xtatishga qaror qilingan edi, bu karantin 30-iyunga qadar uzaytirilishini anglatmaydi. Karantin tugashi va aviaqatnovlar tiklanishi muddati hozircha ma’lum emas. Agar karantin choralari 30-iyundan avvalroq tugatilsa, aviaqatnovlar ham, aviachiptalar sotish ham tiklanadi”, — deyiladi Uzbekistan Airways xabarida.

Qayd etilishicha, yuk tashishni amalga oshiruvchi aviaqatnovlar reyslarni amalga oshirishda davom etmoqda. Shu bilan birga, 20-apreldan boshlab “O‘zbekiston pochtasi” xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yuborishni qisman tikladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 30-mart kuni soat 00:01 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopilib, aviaqatnovlar butunlay to‘xtatilgandi.

Respublikadagi aeroportlar ish faoliyati va aviaparvozlarning qayta tiklanishi yoki cheklov choralarining uzaytirilishi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Ushbu komissiya qarori bilan karantin muddati 2020-yil 10-mayigacha uzaytirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют