» » Eng yaxshi penalti ijrochilari reytingi e’lon qilindi. Ronaldu 3-o‘rinda, Messi esa kuchli beshtalikda ham yo‘q

Eng yaxshi penalti ijrochilari reytingi e’lon qilindi. Ronaldu 3-o‘rinda, Messi esa kuchli beshtalikda ham yo‘q


Ispaniyaning Marca nashri Yevropa kuchli beshlik ligalaridagi eng yaxshi penalti ijrochilari reytingini tuzib chiqdi.

Unga ko‘ra, “Real” hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan joy oldi. Azar faoliyati davomida 56 ta penalti tepgan bo‘lib, ularning faqat yettitasida xato qilgan (88% aniqlik).

Ikkinchi o‘rin Azarning jamoadoshi Karim Benzemaga tegishli bo‘ldi (17 imkoniyatdan 15 ta gol). Kuchli uchlikni “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu yakunladi (143 imkoniyatdan 121 gol).

“Barselona” sardori Lionel Messi esa bu ro‘yxatning 9-pog‘onasidan joy oldi. Argentinalik futbolchi faoliyatidagi 115 penaltidan 89 tasini muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

Eng yaxshi penalti ijrochilari o‘nligi bilan tanishing:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют