» » Sardobadagi avariya sabab Oqoltin tumanidagi “Abdualim” mahallasi evakuatsiya qilinmoqda, yana uchta mahalla aholisi ko‘chirilishi mumkin

Sardobadagi avariya sabab Oqoltin tumanidagi “Abdualim” mahallasi evakuatsiya qilinmoqda, yana uchta mahalla aholisi ko‘chirilishi mumkin


Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori dambasining 6-piket devorida 1-may kuni soat 5:55da suv chiqib, Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgani, suv asosan ekin maydonlariga zarar yetkazgani haqida xabar berilgan edi. Voqea joyiga O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov yetib borgan.

Avvalroq Sardoba tumanidagi suv ombori atrofida joylashgan “Qo‘rg‘ontepa”, “Do‘stlik”, “Yurtdosh” mahalla fuqarolar yig‘inlaridan jami 11 598 nafar aholi evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum qilishlaricha, suv bosish xavfi bo‘lgan “Qo‘ytosh”, “Ota yurt”, “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘inlaridan ham aholini evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda.

Qayd etish joiz, Sardoba tumanidagi avariya haqidagi dastlabki rasmiy axborotda Qo‘rg‘ontepa aholi punkti aholisi “Birlik” mahallasiga evakuatsiya qilingani aytilgan edi.

“Ayni vaqtda Oqoltin tumanidagi ‘Abdualim’ mahalla fuqarolar yig‘ini aholisini Sardobaga evakuatsiya qilish ishlari boshlangan”, — deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborotida. Alohida qayd etishlaricha, jabrlangan va halok bo‘lganlar bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют