» » Germaniyada maktablar ochilib, sport tadbirlari davom ettiriladi

Germaniyada maktablar ochilib, sport tadbirlari davom ettiriladi


Germaniyada 6-may kuni maktablarni bosqichma-bosqich ochib, sport tadbirlarini davom ettirish sanasi muhokama qilinadi. Mamlakat hukumati saytida ma’lum qilinishicha, bunday qaror kansler Angela Merkelning mamlakat federal yerlari hukumati rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan videokonferensiyadan so‘ng qabul qilindi.

Bundan tashqari, hukumat bolalar maydonchalari, muzeylar, ko‘rgazma markazlari va galereyalar, hayvonot va botanika bog‘lari, yodgorliklar, diniy tashkilotlarni ochishni rejalashtirmoqda.

Germaniyada keng ko‘lamli ommaviy tadbirlar taqiqlanganligicha qolmoqda. Hukumatga ko‘ra, ularni o‘tkazishni qayta tiklash kamida 31-avgustga qadar qoldirilmoqda. Mamlakatda cheklov choralarini bekor qilish tartibi federal yerlar vakolatidadir.

Aprel oyi o‘rtalarida Germaniya kansleri Angela Merkel kelasi haftadan boshlab mamlakatda e’lon qilingan karantin choralarining qisman yengillashtirilishini bildirgandi. Mamlakatda maydoni 800 kvadrat metrdan katta bo‘lmagan velosiped va kitob do‘konlarining ochilishiga ruxsat etilishi, 4-maydan maktablardagi ta’lim qayta boshlanishi va sartaroshxonalar faoliyati ham tiklanishi aytilgan.

Germaniyada jami 163 009 nafar kishi koronavirus yuqtirib olgan. Mamlakat bu borada dunyoda 5-o‘rinni egallab turibdi. Biroq o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha vaziyat ancha og‘ir, Germaniyada 6 623 kishi COVID-19’dan vafot etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют