» » Sardoba suv omborining o‘pirilib, suv toshib chiqqan joyi videosi paydo bo‘ldi

Sardoba suv omborining o‘pirilib, suv toshib chiqqan joyi videosi paydo bo‘ldi


Telegram’dagi kanallarda Sardoba suv omborining 1-may kuni soat 5:55 da buzilib, suv toshib chiqqan joyi videosi paydo bo‘ldi. Unda to‘g‘onning bir qismi o‘pirilib tushgani, ombordan suv oqib chiqayotganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, hodisa joyiga zudlik bilan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov yetib borgan. Suv ombori atrofidagi xavf hududidan 11,5 mingdan ziyod aholi ko‘chirilgan, yana to‘rtta mahalla ko‘chirilishi ko‘zda tutilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va qurbon bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Mavzuga doir: Video: Sirdaryoda suv omboridan suv toshib chiqdi, bosh vazir voqea joyida, 11 ming kishi evakuatsiya qilingan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют