» » Qashqadaryoda koronavirusga chalingan barcha bemor sog‘aydi

Qashqadaryoda koronavirusga chalingan barcha bemor sog‘aydi


Qashqadaryo viloyatida so‘nggi bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 1-may kuni, SSV matbuot xizmati xabar berdi.

“Bugun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan so‘nggi bemor butkul sog‘aydi. U viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, sog‘aygan bemor (erkak) 36 yoshda bo‘lib, Chiroqchi tumanidan. U koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lib, ushbu infeksiyani yuqtirib olgan.

Endilikda viloyatda barcha bemorlar butkul sog‘ayib, respublikada koronavirusdan xoli ikkinchi hududga aylandi. Bundan avval Jizzaxda koronavirusga chalingan birorta bemor qolmagani xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda koronavirus infeksiyasiga chalingan jami 6 nafar bemordan 5 nafari bir oilaning a’zolaridir. Bemorlarning barchasi Chiroqchi tumanidan bo‘lib, koronavirusga chalingan bemor bilan muloqot orqali yuqtirib olgan.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1133 nafarga yetgani xabar berilgan edi. Shunday qilib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1134 nafarga yetdi.

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni esa 1-may soat 10:00 holatiga ko‘ra 7 kishiga ko‘payib, 2046 nafarga  yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют