» » Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha yana 12 ta, Janubiy Koreyada esa 9 ta holat aniqlandi

Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha yana 12 ta, Janubiy Koreyada esa 9 ta holat aniqlandi


Xitoyda 1-may holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 12 ta holat aniqlandi, 32 kishi tuzaldi, vafot etganlar qayd etilmadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga tayanib.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 83 956 kishi virus yuqtirib olgan, ularning 78 523 nafari sog‘aygan, 4637 nafar bemor vafot etgan.

Shuningdek, yana 25 kishida kasallik alomatlarsiz kechayotgani aniqlangan. Umumiy hisobda, bunday kishilarning yana 981 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir:

Janubiy Koreyada esa so‘nggi sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 9 ta holat aniqlangan.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 10 774 kishi virus yuqtirib olgan, bemorlarning 9072 nafari sog‘aygan, 248 nafari vafot etgan.

Mamlakatda deyarli 1 haftadan buyon koronavirusga chalinish bo‘yicha har kuni 10 ga yaqin holat aniqlanmoqda. Faqat 24-aprel kuni bu ko‘rsatkich 6 kishiga teng bo‘lgan. 30-aprel kuni esa Janubiy Koreyada COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmagan.

Avvalroq Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurashda g‘alaba qozongan kam sonli davlatlar orasidan o‘rin olgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Tayvan va Koreyaning koronavirusni yengish yo‘lidagi muvaffaqiyati sirlari. Ulardan nima o‘rganish mumkin?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют