» » Sirdaryoning suv ostida qolgan mahallalari aholisi Jizzaxdagi maktab va kollejlarga joylashtirilmoqda

Sirdaryoning suv ostida qolgan mahallalari aholisi Jizzaxdagi maktab va kollejlarga joylashtirilmoqda


Sirdaryo viloyatida 1-may kuni soat 5:55 da “Sardoba” suv ombori dambasining 6-piket devori buzilish yuz berib, suv toshib chiqqan edi. Voqea joyiga zudlik bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripov yetib borgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, Jizzax viloyatining Do‘stlik, Paxtakor, Zarbdor va Mirzacho‘l tumanlarida tashkil etilgan maxsus shtablar tomonidan maktab, kollej, xususiy korxonalar va aholi xonadonlariga fuqarolarni joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi “Navbahor”, “Haqiqat” va “Bahoriston” mahallari hududida joylashgan aholi yashash punktlariga qisman suv kirgan. Aholi ushbu tumandagi kasb-hunar kolleji, Safarbarlik chaqiruv rezervi bo‘yicha harbiy qism va kasalxonaga evakuatsiya qilingan.

Evakuatsiya tadbirlari Jizzax shahriga ham tashkillashtirilgan. Xususan, Sirdaryoning Oqoltin tumanidagi “Ahillik”, “Shodlik”, “Saxovat”, “Navoiy”, “Do‘stlik”, “Ko‘rkamdiyor”, “Toshkent”, “Yangihayot”, “Obod” va “Mustahkam” mahallalarining aholisi Jizzax viloyati Gagarin shaharchasiga vaqtinchalik ko‘chirilgan.

“Unda aholi uchun 6000 dona niqob, 80 dona antiseptik vosita, 200 juft bir martalik qo‘lqoplar va boshqa tibbiyot vositalari tarqatildi”, — deyiladi FVV axborotida.

Bundan tashqari, Sardoba shaharchasidagi aholini ham Jizzax viloyati Gagarin aholi yashash punktiga evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Mirzaobod tumanidagi “Beruniy”, “Paxtaobod”, “Baliqchi”, “Haqiqat”, “Bahoriston”, “Yangiovul” va “Do‘ngariq” mahallalari aholisi, suv toshish xavfi bo‘lgani uchun, Yangiyer shahriga evakuatsiya qilinmoqda.

Qayd etishlaricha, Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют