» » Donald Serrone UFC’da bir hafta ichida uchta jang o‘tkazadigan ilk sportchiga aylanishi mumkin

Donald Serrone UFC’da bir hafta ichida uchta jang o‘tkazadigan ilk sportchiga aylanishi mumkin


Yarim o‘rta vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Donald Serrone 9-maydan 16-mayga qadar kechagidan Jeksonvilldagi (AQSh, Florida shtati) UFC musobaqalari haftaligida uchta jang o‘tkazmoqchi.

“Oktagonga chiqib, Entoni Pettisni mag‘lub etishga tayyorlanyapman. Jangdan keyin shunday deyman: “Hoy Deyna Uayt, chorshanba kungi jangga to‘g‘ri keladigan birorta nomzoding bormi? Bu bu yerda qolishni istayman”.

Bir hafta ichida uchta jang o‘tkazgan ilk yakkakurashchi bo‘lishni istayman”, — deydi Serrone.

Ma’lumot uchun, Serrone 9-may kungi UFC 249 musobaqasida Entoni Pettisga qarshi jang qiladi. Mazkur kechaning asosiy to‘qnashuvi yengil vazn vakillari Toni Fergyuson va Jastin Getji o‘rtasida kechadi.

Mavzuga doir: May oyida bir hafta ichida uchta UFC musobaqasi bo‘lib o‘tadi

Eslatib o‘tamiz, “Kovboy” yanvar oyida Konor Makgregorga qarshi jang qilgan va ilk raunddayoq nokautga uchragan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют