» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 114,4 ming kishiga, qurbonlar soni 1169 kishiga yetdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 114,4 ming kishiga, qurbonlar soni 1169 kishiga yetdi


Rossiyada o‘tgan bir sutkada koronavirus infeksiyasiga chalinish bo‘yicha 7933 ta yangi holat aniqlandi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 114,4 ming kishiga yetdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Bir sutka ichida kasallikdan vafot etganlar soni 96 kishini tashkil qilgan. Mamlakatda COVID-19’dan vafot etganlarning umumiy soni 1169 nafarga yetgan. 13220 kishi kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan, ulardan 1601 kishi so‘nggi bir sutkada sog‘aygan.

Yangi holatlarning eng ko‘pi yoki 3561 tasi Moskvada qayd etilgan. Shuningdek, Moskva viloyatida 797 ta, Sankt-Peterburgda 349 ta, Sverdlovsk viloyatida 232 ta, Nijegorod viloyatida 179 va Dog‘istonda 164 ta yangi holat ro‘yxatga olingan.

Rossiya bo‘yicha COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning 57,3 ming nafari Moskva shahrida, 12,5 ming nafari Moskva viloyatida qayd etilgan. Moskva viloyatidan keyingi o‘rinlarni Sankt-Peterburg (4411 nafar bemor, 33 ta o‘lim), Nijegorod viloyati (2123 nafar bemor, 14 ta o‘lim), Dog‘iston (1553 nafar bemor, 12 ta o‘lim), Murmansk viloyati (1313 nafar bemor, to‘rtta o‘lim) va Krasnodar o‘lkasi (1083 nafar bemor, 20 ta o‘lim) egallab turibdi.

Mavzuga doir: Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirusga chalindi. U sog‘ayganidan keyin ham lavozimiga qaytmasligi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют