» » Toshkentda 81 yoshli otaxon koronavirusdan sog‘aydi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 1182 nafarga yetdi

Toshkentda 81 yoshli otaxon koronavirusdan sog‘aydi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 1182 nafarga yetdi


Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 16 nafar bemor butkul sog‘aydi va 1-may kuni Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Sog‘ayganlarning 8 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Namangan viloyatidan. Shuningdek, Sirdaryo, Samarqand va Andijon viloyatlaridan ham 1 nafardan fuqaro tuzalgan.

Ularning 6 nafari Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, ular mazkur klinikaga yotqizilgan. Tuzalganlarning 10 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 11 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, eng kattasi 81 yoshda, eng kichigi esa 12 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 380 nafarga yetdi.

Shuningdek, Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 7 nafar bemor ham sog‘ayib, 1-may kuni reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqan viloyatidan bo‘lib, ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ulardan 3 nafari erkak, 4 nafari ayol. Ularning eng kattasi 70 yoshda, eng kichigi esa 4 yoshli bola.

Samarqand viloyatida shu paytga qadar COVID-19 kasalligidan sog‘ayganlar soni 21 nafarga yetdi. Ayni paytga qadar O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusdan butunlay tuzalganlar soni 1182 nafarga yetdi.

Avvalroq Qashqadaryoda koronavirusga chalingan barcha bemor sog‘aygani, Buxoroda esa Qirg‘iziston fuqarolari koronavirusdan tuzalgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonda 1-may soat 15:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 29 kishiga ko‘payib, 2075 nafarga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘qqiz nafari vafot etdi, shuningdek, 28-apreldan buyon sog‘ayganlar soni ayni vaqtda kasallikdan davolanayotganlar sonidan ko‘p bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют