» » O‘zbekistonda aprel oyida karantin qoidalarini buzganlardan salkam 2,5 mlrd so‘m jarima undirildi

O‘zbekistonda aprel oyida karantin qoidalarini buzganlardan salkam 2,5 mlrd so‘m jarima undirildi


O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzish va unga tutash bo‘lgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik bo‘yicha aprel oyida 4 123 nafar shaxsga nisbatan jami 3 100 ta ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.

Ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish), 183-moddasi (Mayda bezorilik), 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan javobgarlikka tortilgan.

Shundan 2 697 nafar shaxsga nisbatan jami 2 488 112 816 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan, 1 282 nafar shaxsga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

92 nafar shaxs Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 21-moddasi (Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish) ga asosan javobgarlikdan ozod etilib, ogohlantirilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi (Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar)ga muvofiq 52 nafar shaxsga nisbatan ish tugatilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda 1—20-aprel kunlari karantin qoidalarini buzgan 918 kishi sudlangani, ularning 421 nafari jami 246 million so‘m jarimaga tortilgani xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin tartibi 10-mayga qadar uzaytirildi. 29-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda karantin cheklovlarini yengillashtirish bo‘yicha dastlabki choralarni ma’lum qildi. Unga ko‘ra, shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarning ichki hovli va hududlarida ota-onalar hamrohligida bolalarini sayr qildirishga, kunning ma’lum vaqtida shaxsiy avtomobillarida harakatlanishga ruxsat berildi.

Mavzuga doir: MIB: Karantinga olinganlarga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni to‘lash vaqti karantin tugagunga qadar uzaytirilgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют