» » “Inter” Shkrinyarga yangi narx belgiladi. Futbolchiga PSJ, “Real” va “Man Siti”dan qiziqish bor

“Inter” Shkrinyarga yangi narx belgiladi. Futbolchiga PSJ, “Real” va “Man Siti”dan qiziqish bor


“Inter” himoyachi Milan Shkrinyar uchun belgilagan narxini pasaytirdi.

Football Italia’ning xabar qilishicha, milanliklar 25 yoshli futbolchi uchun 70 million yevro so‘ramoqda. Avvalroq slovakiyalik himoyachi klub tomonidan 80 millionga baholanayotgandi. “Inter” koronavirus sabab yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz asoratlarini yengillashtirish maqsadida o‘yinchini pullamoqchi.

Shkrinyarga PSJ, “Real” va “Manchester Siti” jamoalaridan qiziqish bor.

2019/20-yilgi mavsumda futbolchi “Inter” safida 32 o‘yin o‘tkazdi, uning hisobida bitta samarali uzatma bor. Transfermarkt portali Milanni 48 million yevroga baholagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют