» » UFC prezidenti: Konor Habib bilan revanshni juda xohlamoqda

UFC prezidenti: Konor Habib bilan revanshni juda xohlamoqda


UFC prezidenti Deyna Uayt yengil vazn toifasi yetakchilari Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasidagi revansh jangi ehtimoli haqida gapirdi.

“Yaqinlashib kelayotgan revansh? Men buni Habib va Konor o‘rtasidagi ikkinchi jang deb atagan bo‘lardim.

Makgregor bu jangni juda xohlamoqda, men ham buni ko‘rishni istardim”, — deydi Uayt.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning oktabr oyida Nurmagomedov va Makgregor o‘rtasida jang bo‘lib o‘tgan. Unda rossiyalik sportchi to‘rtinchi raundda og‘ritish usulini qo‘llab Konorni taslim etgandi.

Aprel oyida Habib AQShda Toni Fergyusonga qarshi jang qilishi belgilangandi, biroq koronavirus sabab mazkur sportchilar o‘rtasidagi bahs beshinchi marta bekor qilindi.

Avvalroq Habib kuzda Fergyuson—Getji juftligi g‘olibi bilan jang o‘tkazishi xabar qilingandi.

Mavzuga doir: Habib Nurmagomedov Fergyuson—Getji to‘qnashuvida kimni favorit sifatida ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют