» » Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilib, suv toshib chiqishiga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan

Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilib, suv toshib chiqishiga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan


Mutaxassislarning fikricha, Sardoba suv omboridan suv toshib chiqishiga 1-mayga o‘tar kechasi yog‘gan kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining 18:00 dagi yangiliklar dasturida ta’kidlab o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, voqea joyida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Hukumat komissiyasi tashkil etilgan, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish, vaqtincha ko‘chirilgan aholiga har tomonlama yordam berish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

“Hamma masalalar shu joyning o‘zida hal etib borilmoqda. FVV va boshqa xizmatlar safarbar etilib, suv ombori yaqinidagi mahallalar aholisi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi”, — deyiladi “O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida.

Qayd etishlaricha, qutqaruv ishlariga ko‘plab vertolyot va maxsus texnikalar jalb etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют