» » Rinkon: “Real”da muvaffaqiyatga erishish uchun oq tanli bo‘lishim kerak edi

Rinkon: “Real”da muvaffaqiyatga erishish uchun oq tanli bo‘lishim kerak edi


“Real” sobiq futbolchisi Freddi Rinkon madridliklar jamoasida irqchilikka duch kelganini yodga oldi.

“Real”da muvaffaqiyatga erishish uchun oq tanli bo‘lishim kerak edi. Odatiy hayot tarzimda irqchilikdan aziyat chekmasdim, biroq jamoada bunday deb bo‘lmaydi. Bu dunyoning eng yaxshi jamoasidagi og‘ir muhit edi.

Vaziyat Xorxe Valdano uchun ham juda og‘ir edi, unga katta bosim o‘tkazishardi. Biroq u meni o‘yinchi va shaxs sifatida o‘sishga majbur qildi, buning uchun undan minnatdorman”, — deydi Rinkon.

Freddi Rinkon 1995-yilning yozida “Napoli”dan madridliklar safiga kelib qo‘shiladi. Valdano qo‘l ostidagi jamoada bir mavsum davomida 21 o‘yin o‘tkazgan futbolchi 1996-yilning yozida “Palmeyras”ga yo‘l oladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют