» » Tesla Semi haydovchisiz elektr yuk mashinasi ishlab chiqarishni yana kechiktirdi

Tesla Semi haydovchisiz elektr yuk mashinasi ishlab chiqarishni yana kechiktirdi


Tesla kompaniyasi Semi haydovchisiz elektr yuk mashinasining ishlab chiqarilishi yana biroz muddatga kechiktirilishini ma’lum qildi, deb yozadi Motor.

Dastlab elektr yuk mashinasi 2019-yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan edi, keyin 2020-yilga qoldirildi.

Xabarda aytilishicha, yangi model 2021-yilda ishlab chiqarila boshlaydi. Shunday qilib Tesla Semi belgilangan muddatdan ikki yilga kechikmoqda.

Tesla Semi elektr yuk mashinasi ishlab chiqarishi haqida 2017-yilda ma’lum qilgan edi.

Modifikatsiyasidan qat’i nazar 20-23 tonna yukni tashish imkoniyatiga ega bo‘lgan elektr yuk mashinasi avtopilot va elektr quvvati bilan jihozlangan bo‘lib, u 20 soniyada joyidan soatiga 97 kilometrgacha tezlashishni ta’minlaydi.

Model ikkita versiyada taqdim etiladi: bitta quvvatlanishda 480 kilometrgacha yo‘l bosa oladigan Standard yoki bitta quvvatlanishda 800 kilometr yo‘l bosa oladigan Long Range.

Ishlab chiqarish muddatining ortga surilayotganiga qaramay kompaniya Semi’ga buyurtma qabul qilmoqda. Elektr yuk mashinasiga elektron navbatga turish uchun 150 ming dollar oldindan to‘lovni amalga oshirish kerak.

Tesla allaqachon Semi’ni sinovdan o‘tkazmoqda. Yuk mashinasi bir necha marta AQSh yo‘llarida sinovdan o‘tkazilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют