» » Patriot Boxing Team’ga qarshi Uzbek Tigers tarkibida yangi “yo‘lbarslar” jang qiladi

Patriot Boxing Team’ga qarshi Uzbek Tigers tarkibida yangi “yo‘lbarslar” jang qiladi


Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 6-turida Uzbek Tigers bokschilari safarda Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasiga qarshi jang qiladi.

Guruhda 9 ochko jamg‘arib, muddatidan oldin pley-offga yo‘llanma olgan Uzbek Tigers jamoasi murabbiylari so‘nggi turda zaxiradagi bokschilarni sinovdan o‘tkazishga qaror qildi, deb yozadi “Sports.uz”.

21-aprel kuni Perm shahrida bo‘ladigan uchrashuvga WSB turnirining joriy mavsumida umuman ringga chiqmagan to‘rt nafar bokschi va ishonchli g‘alabalari bilan muxlislar ishonchini oqlab kelayotgan Abrorjon Qodirovni jalb qilindi.

-52 kilogramm: Abrorjon Qodirov – Vyacheslav Tashkarakov;

-60 kilogramm: Ulug‘bek Do‘stmurodov – Konstantin Bogomazov;

-69 kilogramm: Odiljon Aslonov – Artyom Zaysev;

-81 kilogramm: Madiyor Saidrahimov – Pavel Pilyagin;

+91 kilogramm: Mirzobek Hasanov – Artyom Sutlenkov.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют