» » “Energetik-BGU” Yaxshiboyev gol urgan o‘yinda g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi (video)

“Energetik-BGU” Yaxshiboyev gol urgan o‘yinda g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi (video)


Belarus chempionatining 7-turida “Energetik-BGU” 1-may, juma kuni “Smolevichi” maydoniga safar qildi va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev raqib jarima maydoniga yorib kirishga urindi, biroq unga himoyachi to‘sqinlik qildi. To‘p esa minskliklar legioneri David Tvega kelib tushdi va u darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Yaxshiboyev mezbonlar darvozaboni tomonidan to‘xtatildi. Penaltini Jasurning o‘zi muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Uchrashuvda Shahboz Umarov asosiy tarkibda maydonga tushib, 65-daqiqada zaxiraga olindi.

Shu tariqa “Energetik-BGU” ketma-ket uch o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ygan holda quruq o‘yin o‘tkazdi. “Talabalar” ochkolarini 12 taga yetkazib olgan holda 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Belarus Oliy Ligasi

7-tur bahsi

1-may, juma

Gollar: 0:1 — 17 Tve, 0:2 — 90+6, penalti Yaxshiboyev

“Smolevichi”: Filsov, Jevnerov, Rashenya, Barsukov, Jigero (Veras, 68), Kotov, Aleksandrovich (Alibekov, 78), Makarov, Butarevich, Po, Muxamedov (Turik, 60).

“Energetik-BGU”: Lesko, Yudchits (Girs, 64), Sokol, Shkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Nosko, Yaxshiboyev, Umarov (Bakich, 65), Tve, Musaxanyan (Sovpel, 56).

Ogohlantirishlar: Kotov (20), Rashenya (34), Svirepa (70), Girs (88), Turik (89), Filsov (90).

Chetlatishlar: Svirepa (84), Kotov (86).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют