» » Google Zoom raqobatchisini ishga tushirdi. Undan istalgan kishi bepul foydalanishi mumkin

Google Zoom raqobatchisini ishga tushirdi. Undan istalgan kishi bepul foydalanishi mumkin


Google kompaniyasi Google Meet dasturidagi videokonferensiyalarni barcha foydalanuvchilar uchun ishga tushirganini ma’lum qildi.

Avval ushbu servisning kengaytirilgan imkoniyatlaridan GSuite va GSuite for Education biznes-foydalanuvchilari foydalanishi mumkin edi.

May oyidan boshlab barcha foydalanuvchilar Gmail pochtasi yordamida Google Meet’da ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Xabarda aytilishicha, avval faqat biznes akkauntlarga ega foydalanuvchilarga taqdim etilgan quyidagi funksiyalar bepul bo‘ladi:

Google Meet’dagi videokonferensiyalar va ularning yozuvlari Google Diskda shifrlash bilan himoyalangan.

Google’ning qayd etishicha, Google Meet foydalanuvchilarining ma’lumotlari reklama uchun ishlatilmaydi va uchinchi tomonga berilmaydi.

Google Meet’ning bepul versiyasidan bir necha hafta mobaynida hamma foydalanishi mumkin.

Xohlovchilar xabar olish uchun maxsus forma orqali obuna bo‘lishi kerak.

Kelgusida servisga “meet.google.com” veb-versiyasi, iOS va Android’dagi mobil dasturlar orqali ham ulanish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, foydalanuvchilar videokonferensiyalarni oldindan rejalashtirishi va boshqa ishtirokchilarni taklif etishi ham mumkin bo‘ladi.

Mavzuga doir: Zoom va TikTok O‘zbekistonda karantin paytida eng ommabop dasturlar bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют