» » Rossiyalik olim koronavirusning o‘ziga xos xususiyatini ma’lum qildi

Rossiyalik olim koronavirusning o‘ziga xos xususiyatini ma’lum qildi


Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi Sergey Petrikovning ma’lum qilishicha, koronavirusning o‘ziga xos xususiyati mavjud. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 bilan xastalangan bemorning ahvolida keskin o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.

“Bu infeksiyaning o‘ziga xosligi shundaki, bemor o‘zini juda yaxshi his qilishi mumkin, biroq bir kundan keyin uning ahvoli yomonlashadi va u vafot etadi”, — deya ta’kidlagan olim.

Mavzuga doir: “Ertalab hamma bilan birga choy ichib o‘tirgan bemorning o‘pkasi tushdan so‘ng bir uyum axlatga aylandi-qoldi” — rossiyalik hamshira koronavirus haqida

Petrikov imkoniyat darajasida uydan chiqmaslikka va karantinga chidashga chaqirgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 114 431 kishiga yetgan. Kasallikdan 13 220 kishi tuzalishga muvaffaq bo‘lgan, 1169 nafar bemor kasallik oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют