» » Foto: Sardobadagi falokat ko‘lamini o‘zida aks ettiruvchi suratlar

Foto: Sardobadagi falokat ko‘lamini o‘zida aks ettiruvchi suratlar


Sirdaryodagi Sardoba suv omboridan 1-may kuni suv toshib chiqishi natijasida yuz bergan falokat haqida xabar berilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur falokatning ko‘lamini aks ettiruvchi suratlar paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Bunda, asosan, suv ekin maydonlariga zarar yetganligi ma’lum bo‘ldi.

Voqea joyiga dastlab bosh vazir Abdulla Aripov, undan keyin Prezident Shavkat Mirziyoyev yetib bordi.

Sardoba suv ombori atrofidagi mahallalardan 11,5 ming aholi evakuatsiya qilindi. Suv ostida qolgan mahallalar aholisi Jizzaxdagi maktab va kollejlarga joylashtirildi.

Mavzuga doir: Foto: Sardobadagi avariya sabab evakuatsiya qilingan mirzaobodliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi kun davomida suv ombordan suv chiqishi kamayganini va keyinchalik to‘xtaganini ma’lum qildi. Suv ombori to‘g‘oni buzilib, suv toshib chiqishiga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Shavkat Mirziyoyev suv ombori to‘g‘onining buzilgan joyini borib, ko‘zdan kechirdi.

Mazkur falokat oqibatida aloqa va telekommunikatsiya xizmatlarida uzilishlar bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Sharoit yaxshi bo‘lmagunicha, birorta rahbar, men boshchiligimda, hech qayoqqa ketmaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют