» » Zominda sel kelishi oqibatida opa-ukalar suvga oqib, halok bo‘ldi

Zominda sel kelishi oqibatida opa-ukalar suvga oqib, halok bo‘ldi


Jizzax viloyatida kuchli yomg‘irdan keyin kuzatilgan suv toshqini Zomin tumanida opa-ukalarni oqizib ketdi. Bu haqda viloyat IIB xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, Zomin tumani “Shirin” qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi opa-uka 2006-yilda tug‘ilgan T.G. va 2011-yilda tug‘ilgan T.F. soydan sel kelishi natijasida oqib ketgan.

Opa-ukaning oziq-ovqat do‘koniga xarid uchun chiqqani aytilmoqda. Ular qishloq hududidan oqib o‘tuvchi soydan o‘tayotgan vaqtda sel kelib oqizib ketgan. T.F.ning jasadi soy bo‘yidan topilgan. T.G. hushsiz holda tuman tibbiyot birlashmasiga keltirilgan, biroq ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay kasalxonada vafot etgan.

Avval Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida sel kelishi oqibatida o‘nlab qoramolning suvga oqib halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Bunda, asosan, suv ekin maydonlariga zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.

Voqea joyiga dastlab bosh vazir Abdulla Aripov, so‘ngra davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev yetib borgani xabar berildi. Keyinchalik Sirdaryoning suv ostida qolgan mahallalari aholisi Jizzaxdagi maktab va kollejlarga joylashtirilayotgani, Sardoba suv omboridan suv chiqishi kamaygani, keyinroq suv chiqishi to‘xtatilgani haqida xabar qilingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют