» » Ronaldinyo eng qimmat futbolchi, Anri va Ronaldo kuchli uchlikda. 2004-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)

Ronaldinyo eng qimmat futbolchi, Anri va Ronaldo kuchli uchlikda. 2004-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)


Transfermarkt portali 2004-yilning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini yodga oldi va ulardan tuzilgan ramziy terma jamoani taqdim etdi.

O‘sha vaqtda “Barselona”da to‘p surgan Ronaldinyo 2004-yilning eng qimmat futbolchisi sifatida ko‘rsatilgan. Braziliyalik futbolchi 50 million yevroga baholangan. Keyingi o‘rinlarda “Arsenal” sobiq hujumchisi Tyerri Anri (45 million yevro) va “Real” sobiq forvardi Ronaldo (45 million yevro) qayd etilgan.

2004-yilning eng qimmat o‘n futbolchisi:

1. Ronaldinyo — 50 million yevro

2. Tyerri Anri — 45 million yevro

3. Ronaldo — 45 million yevro

4. Devid Bekhem — 40 million yevro

5. Rud van Nistelroy — 40 million yevro

6. Ueyn Runi — 37 million yevro

7. Xose Antonio Reyes — 35 million yevro

8. Andrey Shevchenko — 35 million yevro

9. Franchesko Totti — 35 million yevro

10. Patrik Viyeyra — 35 million yevro

To‘liq ro‘yxat:

Mavzuga doir: Futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylar reytingi tuzildi. Aleks Fergyuson birinchi o‘rinda

2004-yilning eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Iker Kasilyas (16 million yevro);

Himoyachilar: Roberto Karlos (30), Alessandro Nesta (33), Rikardu Karvalyu (30);

Yarim himoyachilar: Xose Antonio Reyes (35), Patrik Viyeyra (35), Devid Bekhem (40), Ronaldinyo (50);

Hujumchilar: Tyerri Anri (45), Ronaldo (45), Rud van Nistelroy (40).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют