» » Angliya terma jamoasi a’zosi Kiran Trippyer totalizatorga oid qoidalarni buzganlikda ayblanmoqda

Angliya terma jamoasi a’zosi Kiran Trippyer totalizatorga oid qoidalarni buzganlikda ayblanmoqda


Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) “Atletiko” himoyachisi Kiran Trippyerni totalizator bilan bog‘liq qoidalari buzganlikda ayblamoqda.

Sky Sports xabariga ko‘ra, ayblov futbolchining 2019-yil yozida “Tottenhem”dan 21,7 million funt evaziga “Atletiko”ga yo‘l olishi bilan bog‘liq. Angliya terma jamoasi a’zosi transferning amalga oshishiga pul tikkan bo‘lishi mumkin.

Agar FA angliyalik futbolchini aybdor deb topsa, Trippyerni katta miqdordagi jarima va uzoq muddatli diskvalifikatsiya kutmoqda. Kiran 2020-yilning 18-mayiga qadar tashkilot aybloviga javob berishi kerak.

29 yoshli himoyachining o‘zi futbolga oid hech qanday garovga aralashmaganligi va boshqa futbolchilarning pul tikishidan moliyaviy foyda olmaganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida angliyalik hujumchi Deniyel Starrij shunga o‘xshash holatda totalizatorga oid qoidalarni buzganlikda aybdor deb topilib, 2020-yilning 17-iyuniga qadar futbolga oid faoliyatdan chetlatilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют