» » Koronavirus bilan og‘rigan bemorning o‘limiga sabab bo‘luvchi anomal patologiya aniqlandi

Koronavirus bilan og‘rigan bemorning o‘limiga sabab bo‘luvchi anomal patologiya aniqlandi


Irlandiyalik olimlarning aniqlashicha, koronavirus bilan xastalangan ko‘p sonli bemorlar qonning anomal tarzda ivishidan vafot etmoqda. Tadqiqot natijalari Eurekalert portalida e’lon qilindi.

Irlandiya qon tomir biologiyasi markazi va Irlandiyadagi jarrohlar Qirollik kolleji mutaxassislari koronavirusga chalingan og‘ir ahvoldagi bemorlarning ma’lumotlarini tahlil qilgan. Ularning xulosasiga ko‘ra, anomal buzilish o‘pkalarda mikrotromblarning shakllanishiga olib keladi.

“O‘pkadagi alveola qoplarini zararlovchi pnevmoniyaga qo‘shimcha ravishda butun o‘pka bo‘ylab yuzlab tromblar aniqlandi. Bunday vaziyat o‘pka kasalliklarining boshqa turlarida kuzatilmaydi. Bu esa COVID-19 bilan xastalangan bemorning qonida kislorod darajasi tushib ketishini qisman tushuntiradi”, — deya ma’lum qilgan tadqiqot mualliflaridan biri Jeyms O’Donnell.

Mutaxassislarning taxmin qilishicha, koronavirusning og‘ir kechish jarayonida qonning anomal ravishda ivishi yurak xuruji va insult xavfini oshiradi.

Shuningdek, olimlarning aniqlashicha, qon ivish darajasi yuqori bo‘lgan bemorlar kasallikning og‘ir shakliga uchragan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 43) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют