» » Rossiya qurilish vaziri va uning o‘rinbosarida koronavirus aniqlandi

Rossiya qurilish vaziri va uning o‘rinbosarida koronavirus aniqlandi


Rossiya qurilish vaziri Vladimir Yakushev topshirgan tahlillar koronavirusga musbat natija ko‘rsatdi va u kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda vazirlikning Telegram’dagi kanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar qildi.

Xabarga ko‘ra vazir o‘rinbosari Dmitriy Volkov ham COVID-19’ga chalingan.

“Koronavirus tashxisi kompyuter tomografiyasi natijasidan keyin qo‘yilgan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Yakushev shahar kasalxonalaridan birida davolanayotganini tasdiqlagan. “Hamkasblar bilan telefon orqali aloqada bo‘laman”, — degan qurilish vaziri. Yakushev yo‘qligida vazir vazifasini bajarish Nikita Stasishin zimmasiga yuklangan.

Avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgan. Uning o‘zi bu haqda prezident Vladimir Putin o‘tkazgan onlayn majlisda axborot bergandi. Hukumat rahbari o‘zni yakkalash tartibiga o‘tgan vaqtida uning o‘rniga bosh vazir vazifasini bajarishni birinchi o‘rinbosari Andrey Belousovga topshirishni so‘ragan. Keyinchalik Putin ushbu taklifga rozilik bildirib Belousovni bosh vazir vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlash haqidagi farmonni imzolagan.

Mavzuga doir: 

COVID-19 pandemiyasi dunyoning deyarli barcha mamlakatlarini qamrab oldi. JSST ma’lumotiga ko‘ra yer yuzida 3,1 milliondan ortiq odam koronavirus yuqtirib olgan, shundan 218 mingdan ko‘proq qismi kasallik oqibatida vafot etgan, milliondan ortiq kishi infeksiyadan tuzalgan. Kasallanganlar ko‘pligi bo‘yicha uch yetakchi davlat AQSh, Ispaniya va Italiya bo‘lib turibdi.

Rossiya kasallanganlar soni bo‘yicha 8-o‘rinda. COVID-19 114 431 nafar odamda qayd etilgan (sutkalik o‘sish sur’ati 7,4 fozi), 13 mingdan ko‘proq odam koronavirusdan tuzalgan. Kasallik 1169 nafar rossiyalikning o‘limiga sabab bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют