» » Yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyat kengashi mingta oilani qaramog‘iga oldi

Yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyat kengashi mingta oilani qaramog‘iga oldi


Yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyat kengashi viloyatdagi mavjud ehtiyojmand oilalarning mingtasini uch oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni zimmasiga oldi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Ahadjon Akbarov ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, mazkur tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoev taklifiga ko‘ra faoliyatini boshlagan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida amalga oshirilmoqda.

Yosh tadbirkorlar va homiylar ko‘magida xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlari yosh volontyorlar tomonidan sanitar-gigiyena talablariga rioya qilgan holda qadoqlanib, karantinda qiynalayotgan oilalarga yetkazib berilmoqda.

Un, yog‘, guruch, makaron, tuxum, shakar, kartoshka kabi 14 turdagi mahsulot to‘plami yordamga muhtoj oilaning bir haftalik ehtiyojini qoplashga mo‘ljallangan.

Qayd etilishicha, “Saxovat va ko‘mak” avtokarvoni tumanlarga ham yo‘l olgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют