» » IIV YHXBB: Taksi haydovchilariga yo‘lovchi tashish faoliyatini olib borishga ruxsat berilmagan

IIV YHXBB: Taksi haydovchilariga yo‘lovchi tashish faoliyatini olib borishga ruxsat berilmagan


Taksi haydovchilariga yo‘lovchi tashish faoliyatini olib borishga hali ruxsat berilgani yo‘q, ular faqat yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin, bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilgan.

Toshkent shahar YHXBB tomonidan taqdim etilgan videolavhada ham taksi haydovchilariga hali yo‘lovchi tashish faoliyatini olib borishga ruxsat etilmagani, shunga qaramay ayrimlar ushbu cheklovga rioya qilmasdan yo‘lovchi bilan harakatlanayotgani qayd etilgan.

YPX inspektori Akbar Hakimovning aytishicha 30-aprel kuni Toshkent shahrida Nexia rusumli mashina haydovchisi to‘xtatilganda uning avtomobilida yo‘lovchi ham borligi aniqlangan. Haydovchi yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hujjatlarga ega bo‘lgan, biroq salonda yo‘lovchining borligi karantin qoidalari buzilganini anglatadi.

Videoda haydovchi salondagi yigitning “mazasi bo‘lmagani” iltimos qilgani uchun uni manziliga eltib qo‘yishga rozi bo‘lganini aytadi. Yo‘lovchi ham taksini “Yandeks” ilovasi orqali chaqirgani, o‘zining ishga borib kelishga hujjati borligi, haydovchidan iltimos qilib, uning mashinasiga o‘tirganligini tan olgan.

30-apreldan karantin cheklovlarini yumshatish haqidagi Respublika maxsus komissiyasining qarorida soat 07:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 ga qadar shaxsiy va xizmat avtotransport vositasida yo‘lovchi bilan birga harakatlanishga ruxsat etilishi belgilab qo‘yilgan. 30-aprel kuni MyTaxi hamda “Yandeks.Taksi” kompaniyalari ham yo‘lovchi tashish faoliyati yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: 

1-mayda MyTaxi rahbari Akmal Fayziyev qarorda ruxsat etilgan holatlar yo‘lovchi tashish faoliyatiga taalluqli emasligini bildirdi.

Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi rasmiy sahifalarida hamda Telegram’dagi Koronavirus-info kanalida tarqatilgan Maxsus komissiya xabarida fuqarolarga ish joyiga borib kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish uchun 30-apreldan (7:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 gacha) shaxsiy va xizmat avtotransport vositalaridan (yo‘lovchilar bilan birga), velosiped va mototransportlardan maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

“Gazeta.uz”ning ichki ishlar idoralaridagi manbalar orqali aniqlik kiritishicha, maxsus komissiyaning tasdiqlangan bayonida “yo‘lovchilar bilan birga” degan jumla mavjud emas. Komissiyaning bayonlari to‘liq e’lon qilinmagan va, asosan, tegishli qismlari haqida axborot, izoh va sharhlar berib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют