» » FVV: Sardobadagi Qo‘rg‘ontepa va Do‘stlik aholi yashash punktlari suv toshqinidan jiddiy zarar ko‘rdi

FVV: Sardobadagi Qo‘rg‘ontepa va Do‘stlik aholi yashash punktlari suv toshqinidan jiddiy zarar ko‘rdi


Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv omborida to‘g‘oni piketlaridan birida 1-may kuni soat 5:55 da buzilish yuz berib, suv toshib chiqishi yuz bergan edi.

“Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa va Do‘stlik aholi yashash punktlaridagi suv toshqini jiddiy zarar yetkazdi”, — deya ma’lum qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xodimi Samandar Hikmatullayev.

Foto: Sardobadagi falokat ko‘lamini o‘zida aks ettiruvchi suratlar

FVV vakili axborotida suv toshqini yetkazgan jiddiy zarar yuzasidan biror raqam keltirilmagan. Qayd etish joiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda toshqin oqibatida turar joy binolari buzilgani, mol-hol suvda oqib ketayotgani aks etgan videoyozuvlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, voqea yuzasidan berilgan ilk rasmiy axborotlarda dastlab faqat Sardoba tumanidagi Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga “suv kirgani” ta’kidlangan, keyinroq Mirzaobod tumanidagi ayrim mahallalarga ham “suv kirgani” bildirilgan edi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilgan joyini borib, ko‘zdan kechirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют