» » Sardoba suv omboridagi avariyadan so‘ng 60 mingdan ortiq fuqaro evakuatsiya qilindi

Sardoba suv omboridagi avariyadan so‘ng 60 mingdan ortiq fuqaro evakuatsiya qilindi


Sardoba suv omborida to‘g‘oni yorilishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyat munosabati bilan aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilayotgani haqida avval xabar berilgan edi. FVV matbuot xizmati vakili Samandar Hikmatullayev evakuatsiya qilingan aholi sonini ma’lum qildi.

“Aholi ko‘chirilishi lozim bo‘lgan xavfli hududlar aniqlanib, Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 22 ta aholi punktlaridan jami 60 450 nafar fuqaro Sirdaryo viloyatining boshqa va Jizzax viloyati hududlariga vaqtinchalik ko‘chirildi”, — dedi Hikmatullayev.

Mavzuga doir:

Qayd etishlaricha, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish va aholini evakuatsiya qilish tadbirlariga FVV, IIV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, DXX, Bosh prokuratura, Sog‘liqni saqlash, Transport, Energetika, Suv xo‘jaligi vazirliklari xizmatlaridan jami 3821 nafar shaxsiy tarkib va 400 dan ortiq texnika jalb etilgan.

Suv toshqini Oqoltin tumanidan oqib o‘tuvchi Abay kanaliga yo‘naltirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga oqizilmoqda. Sardoba suv omboridan suv chiqishi 1-may kuni soat 17:00 atrofida to‘xtagan bo‘lib, suv ombori to‘g‘onini mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilgan joyini borib, ko‘zdan kechirdi

Ma’lumot uchun, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat yuzasidan FVVda koll-sentr faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Tashkil etilgan tezkor raqam kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Qo‘ng‘iroqlar 1205 va 1250 qisqa telefon raqamlari orqali qabul qilinmoqda.

Mavzuga doir: FVV: Sardobadagi Qo‘rg‘ontepa va Do‘stlik aholi yashash punktlari suv toshqinidan jiddiy zarar ko‘rdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют