» » Sardoba suv omboridagi avariyadan so‘ng 70 mingga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi

Sardoba suv omboridagi avariyadan so‘ng 70 mingga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi


Sardoba suv omborida to‘g‘oni yorilishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyat munosabati bilan aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilayotgani haqida avval xabar berilgan edi. FVV matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov evakuatsiya qilingan aholi sonini ma’lum qildi.

Sodiqovning ta’kidlashicha, favqulodda vaziyatning birinchi daqiqalaridayoq Sardoba suv ombori hududi atrofida istiqomat qiladigan 70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan hamda Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududida tashkil etilgan maxsus muassasalarga joylashtirilgan.

Bundan tashqari, yana ming kishiga mo‘ljallangan qo‘shimcha joylar ham tayyorlanmoqda. Evakuatsiya qilingan fuqarolarni oziq-ovqat, dori-darmon va uxlash hamda dam olish joylari bilan ta’minlashmoqda. Hozirgi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda barcha ishlar sanitariya-gigiyena normalariga asosan tashkil etilgan.

“Bir vaqtning o‘zida evakuatsiya qilinganlarning ro‘yxati tuzilmoqda”, — dedi FVV matbuot xizmati rahbari.

Ayni vaqtda, FVV matbuot xizmati vakili Samandar Hikmatullayevning ma’lum qilishicha, Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 22 ta aholi punktlaridan jami 60 450 nafar fuqaro Sirdaryo viloyatining boshqa va Jizzax viloyati hududlariga vaqtinchalik ko‘chirilgan.

Mavzuga doir:

Hikmatullayevning qo‘shimcha qilishicha, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish va aholini evakuatsiya qilish tadbirlariga FVV, IIV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, DXX, Bosh prokuratura, Sog‘liqni saqlash, Transport, Energetika, Suv xo‘jaligi vazirliklari xizmatlaridan jami 3821 nafar shaxsiy tarkib va 400 dan ortiq texnika jalb etilgan.

Suv toshqini Oqoltin tumanidan oqib o‘tuvchi Abay kanaliga yo‘naltirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga oqizilmoqda. Sardoba suv omboridan suv chiqishi 1-may kuni soat 17:00 atrofida to‘xtagan bo‘lib, suv ombori to‘g‘onini mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilgan joyini borib, ko‘zdan kechirdi

Ma’lumot uchun, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat yuzasidan FVVda koll-sentr faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Tashkil etilgan tezkor raqam kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Qo‘ng‘iroqlar 1205 va 1250 qisqa telefon raqamlari orqali qabul qilinmoqda.

Mavzuga doir: FVV: Sardobadagi Qo‘rg‘ontepa va Do‘stlik aholi yashash punktlari suv toshqinidan jiddiy zarar ko‘rdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют