» » Herm?s yangi soatlar modelini taqdim etdi

Herm?s yangi soatlar modelini taqdim etdi


2020-yilning bahorida bo‘lib o‘tishi kutilgan Watches & Wonders ko‘rgazmasi epidemiya sabab onlayn tarzda o‘tkazildi. Elle nashri ko‘rgazmada yangi modellar bilan qatnashgan Herm?s soatlariga to‘xtaldi.

Arceau L’heure de la lune soatlari

Arceau L’heure de la lune modeli o‘ziga xos uslubda ishlangan, uning siferblatida koinot hamda oy aks etgan bo‘lib, soat mili va raqamlari ham noan’anaviy joylashtirilgan. Korpus qalinligi 4,2 mm ni tashkil etadi, uning minimal uslubdagi dizayni kishini o‘ziga jalb etmay qolmaydi.

Cape Cod Martel?e soatlari

Mazkur to‘rtburchak korpusli soat modeli ilk bor 1991-yilda taqdim qilingan bo‘lib, uning eskizi Anri d’Orini tomonidan chizilgan. Ushbu klassik uslubdagi soat zarb berib ishlash texnikasi asosida ishlangan. Soatning ortiqcha ranglardan xoli dizayni, o‘ziga xos charm kamari ushbu modelga jiddiy qiyofa bergan.

Nantucket Jet? de Cha?ne d’Ancre soatlari

Mazkur kichik hajmli soat bir qarashda ayollarga xos noziklik, shu bilan birga, o‘ziga yarasha jiddiylikni ifodalaydigandek go‘yo. Siferblat hoshiyasidagi sochma brilliantlar korpusga ko‘rk bag‘ishlagan. Buzoq va alligator terisidan ishlangan rang-barang yorqin kamarlar soatni yanada jozibali qiladi.

Slim d’Herm?s GMT soatlari

Slim d’Herm?s soatida, asosan, oddiylik va sipolik uyg‘unligiga e’tibor berilgan. Buni korpusning ingichkaligi, Filipp Apelua tomonidan maxsus ishlangan original shriftdan ham bilish mumkin. Pushti oltindan ishlangan GMT moduli sayohatchilar uchun ayni muddao. U orqali nafaqat vaqt, kun, oyni, balki joylashuv o‘rnini ham bilish mumkin.

Arceau Squelette soatlari

Po‘latdan ishlangan dumaloq korpusli mazkur modelning siferblat hoshiyasi sapfirdan. Soatning ishlash mexanizmini siferblatdan tomosha qilish va har bir detallni kuzatish mumkin. Soatning charmli qora kamari, korpusi va siferblati Herm?s Horloger ustaxonasida ishlangan.

Аrceau Cheval Cosmique

Ushbu soatga tushirilgan ot surati modelning o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Ta’kidlanishicha, mazkur modeldagi bir suratni tushirish uchun 1 hafta vaqt ketgan, soatlar esa faqatgina 24 nusxada chiqarilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют