» » Sardobadagi to‘g‘on yorilishi tufayli Qozog‘istonda minglab aholi evakuatsiya qilindi

Sardobadagi to‘g‘on yorilishi tufayli Qozog‘istonda minglab aholi evakuatsiya qilindi


Sardoba suv omboridagi suv toshqini oqibatida Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maxtaral tumani hududida texnogen xususiyatga ega favqulodda holat e’lon qilindi. Turkiston viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bunga chegaradagi kollektorlar suvga to‘lgani sabab bo‘lgan.

Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgandi. Turkiston viloyati hokimligi xabarida aytilishicha, oqibatda Maxtaral viloyatining chegara kollektorlari suv bilan to‘lgan. Suv oqimi sekundiga 180 kubometr bo‘lgani tufayli kollektordan suv toshib, Janajol qishloq okrugiga qarashli Jenis va Enbekshi qishloq okrugiga qarashli Janaturmis shaharchasida suv toshqini xavfi paydo bo‘lgan.

Turkiston viloyati Politsiya departamenti matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, viloyatning 5 mingdan ortiq qishloq aholisi suv toshqini xavfi tufayli uylarini tark etdi. Ayrimlari o‘zlari tark etgan bo‘lgan bo‘lsa, qolganlariga evakuatsiya qilishda yordam berilgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari jamoat tartibini va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Oqibatda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Suv ombori to‘g‘oni buzilib, suv toshib chiqishiga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют