» » Toshkentda Sirdaryo uchun xayriya yordami to‘planmoqda. Yordam faqat yuk tashish mashinalarida yetkaziladi

Toshkentda Sirdaryo uchun xayriya yordami to‘planmoqda. Yordam faqat yuk tashish mashinalarida yetkaziladi


Toshkentda bir necha tashabbuskor guruhlar tomonidan Sirdaryo viloyatida 1-may kuni yuz bergan texnogen ofatdan zarar ko‘rgan aholiga xayriya yordam yuklari tashkil etilmoqda. Viloyatda 1-may kuni tongda Sardoba suv ombori to‘g‘oni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuz bergan; 2-may tongi holatiga ko‘ra 70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududga ko‘chirilgan, kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi; davlat rahbari “sharoit yaxshilanmagunicha birorta rahbar hech qayerga ketmasligi”ni ta’kidlagan.

Sirdaryo bo‘lib turgan mas’ullar xayriya tashabbuskorlari bilan muloqotda birinchi galda oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi, gigiyena vositalari, kiyim-bosh va poyabzal zarurligini ma’lum qilgan.

“Hozirgina Guliston bilan gaplashdik, Mehnat vazirligi va hokimlik manna bo‘tqasi juda ham zarurligini (yosh bolalar juda ko‘p), pamperslar, bir martalik idish-tovoq, yog‘, go‘sht, grechixa, guruch, makaron, ichimlik suvi yerakligini bildirdi; kiyim-bosh, poyabzal, sovun ham kerak — odamlar tongda evakuatsiya qilingan, ko‘pchilikning na poyabzali, na ustki kiyimi bor”, — deydi rasmiylar bilan muloqotda bo‘lgan manba.

Xususan, Telegram’da tashkil etilgan “Sirdaryoga yordam” guruhi faollari Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasi oldida yig‘ilib, ko‘ngillilardan xayriya yordamlari (oziq-ovqat, kiyim-kechak, pul)ni qabul qilib olmoqda. Yordam berishni istaganlar guruh tashabbuskori Bobir Mukadamov nomiga ochilgan plastik kartaga (8600 5304 2934 0725) pul mablag‘larini o‘tkazishlari mumkinligi ma’lum qilingan.

Shuningdek, “Hilol-nashr” matbaa-nashriyoti, “Islom.uz” portali, “Muslimaat.uz” hamda “Grand Ta’lim” nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan ham xayriya shtabi tashkil etilgan. Shtab Ixlosiddin Urmanov nomiga ochilgan plastik karta (8600 3329 4846 7836) orqali pul mablag‘larini qabul qilmoqda, shuningdek, yordam berish istagidagilar oziq-ovqatlar (guruch, yog‘, un, tuxum va h.k.), gigiyenik vositalar (sovun, tualet qog‘oz, bolalar tagliklari va h.k.), ko‘rpa-to‘shaklar, choyshablar, kiyim-boshlar (erkaklar, ayollar, bolalar uchun), dori-darmonlarni Toshkent shahri, Chilonzor tumani, So‘galli ota ko‘chasi, 5-uy yetkazishlari mumkin.

Faol bloger Aqida Xonim boshchiligidagi “Pokiza insonlar” guruhi 200 kishiga oziq-ovqat yetkazish niyatida ekanligini ma’lum qilgan. Bu guruh aksiyasiga hissa qo‘shish istagida bo‘lganlar +998 99 814-30-08 telefon raqami orqali bog‘lanishlari, Akida Maxirova nomiga ochilgan plastik kartaga (8600 0329 1871 4593) mablag‘ o‘tkazishlari mumkin. Shuningdek, “Sevimli” telekanali qoshida ham kiyim-kechaklar to‘planmoqda, ular bilan +998 90 347-87-00 telefon raqami orqali bog‘lanish mumkin.

“Sirdaryoga yordam” guruhida qoldirilgan video va audioxabarlarg ko‘ra, Hyatt Regency mehmonxonasi oldida Sirdaryoga xayriya yordami yuklarini yetkazish maqsadida to‘plangan ko‘ngillilar bilan poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va shaharning boshqa mas’ullari uchrashgan. Ular Sirdaryo viloyatiga shaxsiy avtomobillarda, ular uchun maxsus ruxsatnoma stikeri olingan bo‘lsa ham, borish imkoni yo‘qligi, yordam yuklari faqat yuk tashuvchi mashinalarda yetkazilishi mumkinligini ma’lum qilgan. Bu borada shahar rasmiylari yordam yuklarini Sirdaryoga yetkazishda ko‘mak ko‘rsatilishini bildirgan, ayni vaqtda faollarning o‘zi ham yuk mashinasi bor ko‘ngillarni yordamga chaqirmoqda.

Sirdaryo viloyati aholisiga nafaqat Toshkent shahridan, balki O‘zbekistonning boshqa hududlaridan ham yordam yuklari yuborilmoqda. Avvalroq Qashqadaryo va Andijon viloyatlaridan yordam yuklari Sirdaryo viloyatiga yuborilgani haqida xabar berilgan edi.

Xususan, Ta’kidlanishicha, Andijon viloyatidan ko‘mak karvoni orqali 12 tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami, 35 mingta tibbiy niqob, 10 ming dona bir martalik idish hamda 145 mingdan ortiq kiyim-kechak, Qashqadaryodan esa 15 tonna un, 1 tonna yog‘, 500 kg shakar, 500 kg guruch, 500 kg makaron, 1,5 tonna dimlangan konserva go‘sht mahsulotlari, 1500 kg bolalar pyuresi, 750 kg qandolat mahsulotlari yuborilgan.

Bundan tashqari, Sirdaryo viloyatining texnogen ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rgan Sardoba tumani aholisiga ko‘maklashish maqsadida Samarqand viloyati deputatlari tomonidan viloyat byudjetining 2020-yil birinchi chorakdagi daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan 5 millard so‘m pul ko‘chirish haqida qaror qabul qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют