» » Ronaldinyo yana birinchi, Ronaldoda pasayish, Shevchenko esa kuchli beshlikda. 2005-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)

Ronaldinyo yana birinchi, Ronaldoda pasayish, Shevchenko esa kuchli beshlikda. 2005-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)


Transfermarkt portali 2005-yilning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini yodga oldi va ulardan tuzilgan ramziy terma jamoani taqdim etdi.

O‘sha vaqtda “Barselona”da to‘p surgan Ronaldinyo 2005-yilda ham jahonning eng qimmat futbolchisi nomini saqlab qolgan. Braziliyalik futbolchi 50 million yevroga baholangan. Keyingi o‘rinlarda “Arsenal” sobiq hujumchisi Tyerri Anri (45 million yevro) va “Manchester Yunayted” sobiq forvardi Rud van Nistelroy (41,5 million yevro) qayd etilgan.

2005-yilning eng qimmat o‘n futbolchisi:

1. Ronaldinyo — 50 million yevro

2. Tyerri Anri — 45 million yevro

3. Rud van Nistelroy — 41,5 million yevro

4. Andrey Shevchenko — 38 million yevro

5. Maykl Essyen — 38 million yevro

6. Ueyn Runi — 37,5 million yevro

7. Mixael Ballak — 35 million yevro

8. Janluiji Buffon — 35 million yevro

9. Patrik Viyeyra — 35 million yevro

10. Ronaldo — 35 million yevro

To‘liq ro‘yxat:

2005-yilning eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Janluiji Buffon (35 million yevro);

Himoyachilar: Rio Ferdinand (29,5), Alessandro Nesta (33), Janluka Zambrotta (28);

Yarim himoyachilar: Patrik Viyeyra (35), Maykl Essyen (38), Mixael Ballak (35), Ronaldinyo (50);

Hujumchilar: Tyerri Anri (45), Andrey Shevchenko (38), Rud van Nistelroy (40).

Mavzuga doir: 2004-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют