» » Yamaykalik 117 yoshli ayol dunyodagi eng keksa odam deb tan olindi

Yamaykalik 117 yoshli ayol dunyodagi eng keksa odam deb tan olindi


Dunyodagi eng keksa odam 117 yoshli Yamayka fuqarosi Vayolet Moss Braun bo‘ldi. Bu haqda Metro nashri xabar berdi.

Braun 1900-yil 10-martda Yamaykaning Treloni qavmida dunyoga kelgan. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li sayyoradagi ota-onasidan biri tirik bo‘lgan eng qari fuqaro hisoblanadi.

Kampir 2010-yilda mahalliy gazetaga intervyu bergan edi. U cho‘chqa va tovuq go‘shti yemasligi, shuningdek, spirtli ichimlik ichmasligini aytgandi. “Bilasizmi, ba’zan o‘z-o‘zimdan: nahotki, haqiqatan ham 110 yoshda bo‘lsam? deb so‘rayman. Chunki o‘zimni 110 yoshli deb his qilmayman”, — degandi u.

Avvalroq Italiyada dunyodagi eng keksa ayol Emma Morano 117 yoshida vafot etgan edi.

Опубликовано: admin (18-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют