» » Turkmanistonning Lebop viloyatida yuz bergan bo‘ronda o‘nlab kishi bedarak yo‘qoldi

Turkmanistonning Lebop viloyatida yuz bergan bo‘ronda o‘nlab kishi bedarak yo‘qoldi


Turkmanistonning Lebop viloyatida yuz bergan bo‘ronda ko‘plab odamlar jabrlandi, o‘nlab kishilar bedarak yo‘qoldi. Ular orasida cho‘ponlar, “Turkmangaz” haydovchilari va ishchilari bor, deb xabar bermoqda “Xronika Turkmenistana”. Shuningdek, 100 bosh va undan ko‘proq qo‘ydan iborat bir nechta poda yo‘qolgan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, 20 ga yaqin kishi halok bo‘lgan. Turkmen news manbalarining xabar berishicha, 27 va 28-aprelda Turkmanobodning deyarli har bir tumanida qurbonlar dafn etilgan.

Turkmanobodda jabrlanganlar turli tibbiyot muassasalariga joylashtirilayotgan bo‘lsa, qishloq joylarida ularga, hattoki birinchi yordam ko‘rsatishning imkoni yo‘q. Sovet davridan qolgan feldsher punktlarida na tibbiyot xodimlar bor, na kerakli dori-darmonlar.

Shuningdek, bug‘doy hosili nobud bo‘lgani aytilmoqda. Bu esa kuzda un taqchilligiga olib kelishi, odamlar nonsiz qolishi mumkinligini bildiradi.

Viloyat aholisining ta’kidlashicha, ulardan davlat sug‘urtasi uchun doim pul ushlab qolingan, biroq hozir sug‘urta to‘lovlari haqida hech qanday gap yo‘q. Hududni tiklash uchun aholi oyliklarining bir qismi ushlab qolinishi mumkinligi to‘g‘risida mish-mishlar tarqalgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonning bir qator viloyatlarida 27-aprel kuni kechasi yomg‘ir aralash kuchli shamol yopirilgan, ular orasida Lebop viloyati ko‘proq zarar ko‘rgandi. Hodisa oqibatida Lebop viloyatida aloqa tarmoqlari ishlamay qolgan, mobil telefonlarga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati yo‘qolgan, politsiya tomonidan Mari va Lebop viloyatlarini bog‘lovchi yo‘l yopib qo‘yilgan.

Kuchli shamol O‘zbekistonning Turkmaniston bilan chegaradosh hududlariga ham yetib borgandi. Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga 28-aprelga o‘tar kechasi yopirilgan shamol tezligi soniyasiga 40 metrgacha yetgan. Ular orasida, ayniqsa, Buxoro eng katta talafot ko‘rgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют